O'zbekistonlik futbolchilarning tarixiy yutuqlari Janubiy Koreyada e'tirof etilmoqda
Iyun 20, 2025. 15:27 • 2 daq
• 66
SEUL, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Janubiy Koreyaning nufuzli ommaviy axborot vositalarida futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani haqida turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, ushbu mamlakatning yetakchi nashrlaridan biri – "Diplomacy Journal"da va "v.daum.net" yangiliklar portalida O'zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy muvaffaqiyatiga bag'ishlangan maqolalar joylashtirildi.
"Diplomacy Journal" yozganidek, 10 iyun kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionati yo'llanmasini rasman qo'lga kiritgan mamlakat bosh jamoasining "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tgan so'nggi tur o'yiniga tashrif buyurdi.
"Bu voqea barcha tomonlar uchun chinakam bayramga aylandi va ko'p yillik tizimli mehnat hamda futbolni rivojlantirish samarasi bo'ldi. 2018-yilda mamlakat Prezidentining farmoni bilan akademiyalar ochildi, futbolchi va murabbiylar tayyorlanmoqda, islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekistonning U-23 va U-20 terma jamoalari Osiyo chempionatida muvafaqqiyatli qatnashdi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2024-yilda Fransiya poytaxti Parijda bo'lib o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida mamlakat tarixida ilk marotaba ishtirok etdi", – deya qayd etilgan nashrda.
Ta'kidlanganidek, O'zbekiston terma jamoasi uchinchi saralash bosqichini ishonchi tarzda o'tkazdi. Qatar bilan hal qiluvchi bahsda o'zbekistonliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. O'zbekiston Prezidenti jamoani alohida tabrikladi.
"Shuningdek, futbolchi va murabbiylar davlat mukofotlari, shuningdek, avtomobil bilan taqdirlanishdi. Qatar bilan uchrashuvda Bolgariya, Slovakiya va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ham ishtirok etishdi", – deyilgan materialda.
Janubiy Koreya OAV ma'lum qilganidek, 2026-yilda AQSh, Kanada, Meksikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida O'zbekistonda katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'radi.
"v.daum.net" elektron nashri ham futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgani haqida yozdi. Nashrda, shuningdek, qahramonlik ko'rsatgan futbolchilar va murabbiylar mamlakat rahbariyati tomonidan munosib taqdirlangani alohida urg'ulangan.
"Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan milliy terma jamoa a'zolarini taqdirlash marosimi 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida Qatarga qarshi kechgan o'yindan so'ng bo'lib o'tdi. Aytgancha, mazkur bahsda O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar ustidan 3:0 hisobida ishonchli tarzda g'alaba qozondi", – deb ta'kidlangan manbada.
Marosimda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, hukumat a'zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Jamoaning ajoyib muvaffaqiyati e'tirof etilgan holda, o'yinchi va murabbiylar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
"v.daum.net"da joylashtirilgan maqola "Murabbiy Timura Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 7 iyun kuni Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushib, Jahon chempionatini yo'llanmasiga ega chiqdi. Bu natija O'zbekistonga guruhda ikkinchi o'rin va chempionatga tarixiy ishtirokni kafolatladi", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi