Logo

YOTB 2025-yil yakuniga kelib O'zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizgacha o'sishini bashorat qilmoqda

Iyun 27, 2025. 15:44 • 45 soniya

56
YOTB 2025-yil yakuniga kelib O'zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizgacha o'sishini bashorat qilmoqda

TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) prognozlariga ko'ra, 2025-yil yakuniga kelib O'zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizga o'sishni qayd etadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Iqtisodiy o'sishning asosiy drayverlari aholi daromadlarining oshishi va barqaror rivojlanishga yo'naltirilgan faol investitsiya jarayonlari bo'ladi", – deb yozgan "Sinxua" AA.


Qayd etilishicha, O'zbekistonda inflyatsiya darajasi 2025-yilda 8,1 foizgacha pasayishi mumkin. Xorijdan pul o'tkazmalari hajmining o'sishi va eksport hajmining oshishi esa milliy valyuta uchun qo'llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.


Jahon banki prognoziga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyotining o'sishi 2025-yilda 5,8 foizni, 2026-yilda esa 5,9 foizni tashkil etadi. Bu esa Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir.


Eslatib o'tamiz, joriy yilning 3-yanvar kuni davlatimiz rahbariga "2025-yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risida"gi qonun ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida axborot berilgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish