"Asdaa Oman" gazetasi: O'mon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" sayyohlik forumi bo'lib o'tadi
Iyul 03, 2025. 11:21 • 2 daq
• 106
MASKAT, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. O'monning "Asdaa Oman" gazetasida O'zbekiston turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyevning yurtimiz sayyohlik salohiyati va bo'lajak turizm forumlari haqidagi maqolasi chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada mamlakatimiz tashqi turizmini rivojlantirish, ayni yo'nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi faol siyosat doirasida joriy yil 6-10-iyul kunlari arab davlatlarida qator yirik tadbirlar tashkil etilayotganiga urg'u berilgan.
O'mon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda bo'lib o'tadigan "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" sayyohlik forumi alohida ta'kidlangan.
"Forumning maqsadi O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda targ'ib qilish, yirik xorijiy turoperatorlar, investorlar va davlat tashkilotlari bilan samarali hamkorlik o'rnatishdir, – deb yozgan qo'mita raisi. – Tadbir doirasida "B2B2 va "G2B" formatlarda uchrashuvlar tashkil etiladi".
Qayd etilishicha, forum dasturiga muvofiq nazarda tutilgan tadbirlar bir necha asosiy mavzu va yo'nalishlarni qamrab oladi. Asosiysi, YUNESKO Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar, ma'naviyat va madaniy yo'llar, pazandalik sayohati, ekologik va tog'li yo'nalishlar diyorimizning noyob manzillarini namoyish etadi. Qisqasi, O'zbekistonning sayyohlik takliflari taqdimoti sayyohlar e'tiboriga to'laqonli havola etiladi, deb ta'kidlangan.
Muallifga ko'ra, tadbirlarning ilk bekati sifatida O'mon tanlangani bejiz emas. Zero, Sultonlik boy madaniyat, an'analarga chuqur hurmat va modernizatsiyaga tinimsiz intilish yo'lini tanlagan. Mamlakatni Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonga ma'rifiy, ma'naviy va tibbiy turizm yo'nalishi sifatida jalb etish doimiy qiziqish uyg'otadi.
Maqola "Road Show" modeli O'zbekistonning ochiq, mehmondo'st, zamonaviy va xavfsiz mamlakat sifatidagi ijobiy imijini milliy va mintaqaviy ommaviy axborot vositalari orqali O'mondagi keng auditoriyaga yetkazadi. Ishonchimiz komilki, turistik yo'nalish imijini shakllantirishda puxta o'ylangan media strategiya muhim ahamiyat kasb etadi. O'monda bo'lajak tadbirlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo'lidagi muhim qadam sifatida turizm oqimini tezlashtirish, yangi ish o'rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi",– degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi