Saudiya OAV: O'zbek dasturxonidan shunchaki taomlarni emas, balki, Sharqning xushbo'y ifori va Markaziy Osiyo ziravorlarining uyg'unligini topasiz
Iyun 17, 2025. 09:12 • 2 daq
• 53
AR-RIYOZ, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Okaz" gazetasida O'zbekiston milliy taomlariga bag'ishlangan "O'zbekona mehmondo'stlik: Lag'mon, palov va manti – Saudiya oshxonasini eslatuvchi trio" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda o'zbek milliy taomlari, xususan, Samarqand, Buxoro va Toshkent oshxonasi, shuningdek xalqimizning mehmondo'stligi haqida so'z borgan.
"O'zbek dasturxonidan siz shunchaki taomlarni emas, balki, Sharqning xushbo'y ifori va Markaziy Osiyo ziravorlarining uyg'unligini topasiz. Bu, shuningdek, Buyuk ipak yo'li nafaqat mahsulotlar, balki xalqlar o'rtasidagi madaniy uyg'unlikni o'zaro bog'lagan davrga olib boradigan noyob gastronomik tajribadir", – deb yozadi muallif.
Nashrda ta'kidlanishicha, o'zbek madaniyatida ovqatni baham ko'rish shunchaki odat emas, balki qadimiy an'anadir. Bu yurtda mehmon oila a'zosi sifatida qabul qilinib, unga ulkan mehr va hurmat ko'rsatiladi.
"Biz shunchaki ovqatlanish uchun emas, balki asrlar osha davom etib kelayotgan madaniyatimiz tarixini hikoya qilish uchun taomlarimizni pishiramiz. Har bir taom — bu muhabbat, hurmat va uchrashuv quvonchining xabaridir. Shuningdek, biz o'zbek oshxonasiga qoyil qolgan, Saudiya Arabistonidan kelgan mehmonlarni ko'rishdan xursandmiz. Bizning pazandachilik an'analarimiz o'rtasida ham juda ko'p umumiylik bor, bu esa xalqlarimizni madaniy jihatdan yana-da yaqinroq qiladi", – deya Jamshid oshpaz so'zlaridan iqtisob keltirilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi