"Agnaden" gazetasi: O'zbekiston va Xitoy strategik sheriklikni aniq natijalar orqali namoyish etmoqda
Avgust 31, 2025. 14:35 • 55 soniya
• 44
BOG'DOD, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Iroqning "Agnaden" gazetasida "O'zbekiston va Xitoy: global o'zgarishlar davrida strategik hamkorlik" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bugungi kunda Toshkent va Pekin o'rtasidagi munosabat yangi Yevroosiyoning asosiy tayanchlaridan biriga aylandi. Bu hamkorlik bizning kun tartibidagi pragmatik cheklovlar bilan mahdudlanmaydi – u global koordinatalar tizimida Markaziy Osiyoning kelajagini belgilaydigan strategik vektorni tashkil etadi", – deb ta'kidlangan maqolada.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama muloqot xalqaro tuzilmalar doirasidagi o'zaro hamkorlik orqali faol qo'llab-quvvatlanmoqda. 2025-yil iyun oyida tomonlar BMT, SHHT va Markaziy Osiyo-Xitoy formatida muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. O'zbekiston SHHTga qayta tiklanadigan energiya manbalarga sarmoya jalb etish, mashinasozlikni rivojlantirish va yangi transport yo'laklarini yaratish uchun strategik platforma sifatida qaraydi.
Maqola yakunida "O'zbekiston va Xitoy strategik sherikchilik bu shunchaki deklaratsiyasi emas, balki aniq natijalar bilan mustahkamlangan izchil ish ekanini namoyish etmoqda. Ko'p milliard dollarlik sarmoyalar, yangi transport yo'laklari, qo'shma yashil energiya loyihalari, ta'lim sohasidagi tashabbuslar va madaniy almashinuvlar ikki tomonlama munosabatlarni mintaqaviy barqarorlik poydevoriga aylantirmoqda", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi