Logo

"Al Harir" nashri: Omonqo'ton qishlog'ining bahavo tabiati, baland tog'lari, soyidan oquvchi zilol suvlari har qanday sayyohni o'ziga jalb qiladi

Iyul 04, 2025. 14:44 • 1 daq

67
"Al Harir" nashri: Omonqo'ton qishlog'ining bahavo tabiati, baland tog'lari, soyidan oquvchi zilol suvlari har qanday sayyohni o'ziga jalb qiladi

AR-RIYOZ, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining nufuzli "Al Harir" nashrida "Samarqand viloyatidagi Omonqo'ton qishlog'i "Turizm qishlog'i"ga aylantirildi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Samarqand viloyati Urgut tumanida "Omonqo'ton turizm qishlog'i"ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tgani haqidagi ma'lumotlar o'quvchilar e'tiboriga taqdim qilingan.

"Tadbirda Turizm qo'mitasi raisi o'rinbosari Sardor Niyozov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Tantanali marosimda so'zga chiqqanlar bugungi kunda Samarqandda turizm sohasiga qaratilayotgan e'tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga to'xtalib o'tdilar", – deb yozilgan materialda.

Qayd etilishicha, Omonqo'ton qishlog'i Samarqand viloyatidagi eng katta va tashrif buyuruvchilar soni ko'pligi bilan ajralib turadigan hudud hisoblanadi. Bu yerga yoz mavsumida bir kunda 5-10 ming nafargacha dam oluvchi va sayyohlar keladi. Hududning bahavo tabiati, baland tog'lari, soyidan oquvchi zilol suvlari har qanday sayyohni o'ziga ohangrabo kabi jalb qiladi.

"Hozirgi kunda ushbu hududda sayyohlar uchun 50 dan ortiq oilaviy mehmon uylari, kapsulali joylashtirish vositalari va boshqa xizmat ko'rsatish shaxobchalari faoliyat yuritib kelmoqda", – deb ta'kidlangan "Al Harir"  maqolasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish