"Ammon News" gazetasi: O'zbekistonning Surxondaryo viloyatida uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi
Iyul 07, 2025. 14:37 • 2 daq
• 66
AMMON, 7-iyul. / "Dunyo" AA/. Iordaniyaning "Ammon News " gazetasi saytida "Surxondaryo yana-da jozibador turistik go'shaga aylanmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada Surxondaryo boy turistik salohiyatga ega viloyat ekanligi, hududdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida endilikda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yangi turistik markazlar bunyod etilayotgani bayon etilgan.
"O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining tog'li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko'rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bu ishlar ko'lamini yana-da kengaytirishda dasturilamal bo'lmoqda. Mazkur hujjat doirasida Boysun tumanidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bo'lgan yer uchastkasida "Omonxona", Sariosiyo tumanidagi umumiy maydoni 615 gektar bo'lgan yer uchastkasida "Sangardak", Jarqo'rg'on tumanidagi "Oqtepa" suv omborining qirg'oq bo'yi hududidagi 110 gektar yerda "Obihayot" turistik markazlari barpo etilyapti", – deb yozilgan materialda.
Shuningdek, nashrda vohada bunyod etilayotgan uchta yangi turistik markaz ham tog'li va tog' oldi hududlarining mavjud sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish va yangi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qilishi ta'kidlangan.
"Masalan, tog'lar qo'ynida qad rostlayotgan "Omonxona" turizm markazida 26 ta inshoot bunyod etilayotir. Markaz 11 ta mehmonxona, uy mehmonxonalari, restoran, kafe, savdo do'konlari, oshxonalar va boshqa majmualarni o'z ichiga oladi. Bularning barchasi Janubdagi vohaning boy turistik imkoniyatidan oqilona foydalanish orqali, O'zbekistonning jozibador sayyohlik salohiyatini dunyoga keng tarannum etish va odamlarning turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi", – deya qayd etilgan maqolada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi