Logo

"Ammon News" gazetasi: O'zbekistonda ichki aviaqatnovlarning kengaytirilishi turizm uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

Iyul 06, 2025. 10:57 • 52 soniya

42
"Ammon News" gazetasi: O'zbekistonda ichki aviaqatnovlarning kengaytirilishi turizm uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda

AMMON, 6-iyul. / "Dunyo" AA/. Iordaniyaning "Ammon News" gazetasida "O'zbekistonda ichki reyslarning kengayishi turizm uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanishicha, O'zbekistonda iyun oyining oxiridan boshlab ichki muntazam aviaqatnovlar sonining ko'paydi, bu esa mamlakatda ichki turizmni jadallashtirishga hissa qo'shadi.

"Yangi yo'nalishlar asosiy tarixiy va sayyohlik markazlari orasidagi yo'l vaqtini qisqartirishga, shuningdek, hududlarning o'zaro bog'liqligini yaxshilashga imkon berdi. Xususan, "Sentrum Air" aviakompaniyasi 24-iyundan boshlab "Samarqand – Urganch" yo'nalishi bo'yicha haftasiga uch marta aviareyslarni amalga oshirishni boshladi. 25-iyundan boshlab esa "Buxoro – Urganch", "Samarqand – Buxoro" va "Buxoro – Toshkent" yo'nalishlari bo'yicha haftasiga ikki marta havo qatnovlarini yo'lga qo'ydi",– deb yozilgan maqolada.

"Ammon News", shuningdek, ichki aviaqatnovlarning kengayishi sayyohlar uchun yana-da qulay sharoitlar yaratayotgani, muhim tarixiy va madaniy markazlarga borishni osonlashtirganini urg'ulagan.

"Transport infratuzilmasining yaxshilanishi ichki turizmni rivojlantirishga, hududlar iqtisodiyotini rag'batlantirishga va ularning umummilliy turistik oqimga integratsiyalashuvini qo'llab-quvvatlashga hissa qo'shadi", – deb ta'kidlangan maqola so'nggida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish