"Ammon News" gazetasi: O'zbekistonda joriy yildan boshlab har yili "Eng namunali "yashil" turizm obyekti" tanlovi o'tkaziladi
Iyul 07, 2025. 09:53 • 2 daq
• 41
AMMON, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Iordaniyaning "Ammon News" gazetasi saytida "Eng namunali "yashil" turizm obyekti" tanlovi tashkil etiladi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Turizm obyektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta'siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq ko'rsatiladigan xizmatlarni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar qalamga olingan.
"Qarorga muvofiq, tanlov turizm obyektlarida bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanishda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga o'tish borasida yaxshi natijalarga erishgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda o'z faoliyatida chiqindilar hosil bo'lishini kamaytirish ishlarida alohida tashabbus ko'rsatgan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida o'tkaziladi", – deb yozilgan materialda.
Nashrda ta'kidlanishicha, tanlov ishtirokchilari O'zbekiston Turizm qo'mitasining rasmiy veb-sayti orqali 1-avgustga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
"Ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar nomzodi 10-avgustga qadar hududiy komissiyalarga yuboriladi. Hududiy saralash bosqichi sentyabr oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida bo'lib o'tadi. Hududiy saralash bosqichlari g'oliblari oktyabr-noyabr oylarida respublika yakuniy bosqichida ishtirok etadi", – deya qayd etilgan maqolada.
"Ammon News" gazetasi saytida joylashtirilgan maqolada, shuningdek, tanlovning respublika yakuniy bosqichi g'oliblari egallagan o'rinlariga qarab bazaviy hisoblash miqdorining 150, 100 va 50 baravari miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanishlari haqidagi ma'lumotlarni mushtariylar e'tiboriga taqdim qilingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi