Logo

"Sada al-Balad" AA: O'zbekiston va Ozarbayjon diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlamoqda

Iyul 08, 2025. 11:25 • 2 daq

42
"Sada al-Balad" AA: O'zbekiston va Ozarbayjon diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlamoqda

QOHIRA, 8-iyul. / "Dunyo" AA/. Misrning yetakchi "Sada al-Balad" axborot agentligi "O'zbekiston va Ozarbayjon: barqaror do'stlik va ishonchli sheriklik" sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqola muqaddimasida O'zbekiston va Ozarbayjon umumiy tarix, madaniy aloqalar va o'zaro siyosiy iroda asosida strategik hamkorlikni tobora mustahkamlab borayotgani ta'kidlangan.


"Joriy yilda mamlakatlarimiz diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlamoqda. 2024-yilda Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnomaning imzolanishi bilan hamkorligimiz eng yuqori darajasiga ko'tarilgan. Bugungi kunda Toshkent va Bokuning o'zaro munosabatlari ikki qardosh mamlakat hamkorligining ibratli namunasi sifatida e'tirof etilmoqa", – deb yozgan muallif.

Shuningdek, nashrda ikki davlat yetakchilarining 2017-yildan buyon 12 marta uchrashgani va 150 dan ortiq oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgani alohida urg'ulangan.


"Ikki davlat rahbarlarining samimiy do'stlik va mustahkam ishonchga asoslangan o'zaro munosabatlari keng ko'lamli hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o'ynadi. Jumladan, so'nggi o'n yillikda savdo hajmi sakkiz barobar – 32 milliondan 253 million dollargacha oshdi. Savdo, sarmoya va sanoat hamkorligini rag'batlantirish bo'yicha izchil qo'shma sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hozirda O'zbekistonda 240 dan ortiq Ozarbayjon kompaniyasi, Ozarbayjonda esa 70 ta O'zbekiston kompaniyasi faoliyat yuritmoqda", – deya ta'kidlangan materialda.


Bundan tashqari, "O'zbekiston va Ozarbayjon madaniy diplomatiyaga alohida e'tibor qaratayotgani qayt etilgan. "Qo'shma madaniy tadbirlar, festivallar va Bokuda Alisher Navoiy, Toshkentda Nizomiy Ganjaviy sharafiga o'rnatilgan yodgorliklar chuqur o'zaro hurmatni ifodalaydi. Toshkentdagi Haydar Aliyev yodgorligi ushbu do'stlikning yana bir ramzidir", – deb yozilgan maqolada.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish