Logo

Tojikiston OAV: Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tadi

May 29, 2025. 15:23 • 55 soniya

119
Tojikiston OAV: Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tadi

DUSHANBE, 29-may. /"Dunyo" AA/. Tojikistonning "Avesta" axborot agentligi Toshkentda "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tishi haqidagi axborot materialini tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Joriy yilning 24-26-iyun kunlari O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mezbonligida "MINEX Central Asia 2025" forumi bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.

"Forum kritik minerallar bo'yicha global kelajak masalalariga bag'ishlangan bo'lib, tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O'zbekiston texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilmoqda. "MINEX Central Asia 2025" doirasida nodir metallar bo'yicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha bo'lgan barqaror ta'minot zanjirlarini yaratish, mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish, ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyoti, qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyalar, ilmiy hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, global ta'minot zanjirlariga integratsiya va tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targ'ib qilish kabi masalalar muhokama qilinadi", – deyilgan maqolada.

"Avesta" axborot agentligi yozganidek, forum doirasida ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya va konchilik sohasida yangilik yaratayotgan, barqarorlik va yetakchilikni namoyon etayotganlarni taqdirlash bo'yicha "Central Asian Mining & Geological Exploration Award" mukofotini topshirish marosimi o'tkaziladi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish