Logo

O'zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan uchta film Rossiyadagi xalqaro kinofestivalda g'olib bo'ldi

Iyul 03, 2025. 12:46 • 42 soniya

67
O'zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan uchta film Rossiyadagi xalqaro kinofestivalda g'olib bo'ldi

SOCHI, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. Sochida bo'lib o'tgan II "Yevraziya-Kinofest" xalqaro kinofestivalida O'zbekiston kinorejissyorlari tomonidan suratga olingan uchta film yuksak mukofotga sazovor bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rossiyaning "Argumenti nedeli" nashri ma'lumotiga ko'ra, iste'dodli o'zbek kinorejissyori Arutyun Sagaletyanning "Sumalak" filmi "Eng yaxshi kinodebyut uchun" nominatsiyasida g'olib deb topildi. Hakamlar hay'ati mukofotni topshirar ekan, O'zbekiston kinoustalari ushbu kartina orqali yuqori mahoratlarini namoyish etganini ta'kidlashdi.

Hujjatli filmlar nominatsiyasida esa Ulug'bek Yo'ldoshevning "Hayot mazmuni" filmi tengsiz deb topildi. Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar ustozi, professor va o'zbek milliy jurnalistikasi asoschilaridan biri Nazira Abduazizovaning hayot yo'li ochib berilgan.

 Bundan tashqari, Eldar Yo'ldoshevning "Taymetov. G'alaba xabarchisi" hujjatli filmi matbuot yo'nalishida asosiy mukofotni qo'lga kiritdi. Filmda Germaniyaning Ikkinchi jahon urushida taslim bo'lish akti va G'alaba bayrog'ini Moskvaga yetkazgan o'zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov haqida hikoya qilinadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish