Logo

Kuvaytning ommabop telekanalida O'zbekiston savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan ko'rsatuv namoyish etildi

Sentabr 11, 2025. 17:53 • 2 daq

58
Kuvaytning ommabop telekanalida O'zbekiston savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatiga bag'ishlangan ko'rsatuv namoyish etildi

AL-KUVAYT, 11-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "TV2" telekanalining mashhur "Good morning Kuwait" ("Xayrli tong Kuvayt") ko'rsatuvida O'zbekistonga bag'ishlangan maxsus dastur namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Dasturda O'zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Iqboljon Ergashev asosiy mehmon sifati ishtirok etgan. 

Diplomat ko'rsatuv davomida O'zbekistonda davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar va ularning samarali natijalari, xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar, investitsiya loyihalari haqida batafsil so'zlab bergan.

 Dasturda O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga alohida urg'u berilgan. Shuningdek, Kuvayt investitsiyasi asosida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar, ikki mamlakat hududlarida o'tkazilayotgan biznes-forum va iqtisodiy tadbir to'g'ridasi ta'kidlangan.

"O'zbekistonda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Kuvayt bozoriga eksport qilish bo'yicha ishlar keyingi yillarda ancha ortdi, – degan elchixona maslahatchisi. – Jumladan, O'zbekistonda yetishtirilgan poliz mahsulotlari va mevalarning eksporti keskin ortdi. Bu yo'nalishda O'zbekiston va Kuvayt kompaniyalari o'rtasida bir qator kelishuvlar imzolangan. Ushbu natijalar, elchixonaning iqtisodiy diplomatiya yo'nalishidagi ishlari samarasidir. Fursatdan foydalanib, Kuvayt biznesini O'zbekistonga investitsiya kiritishga taklif qilamiz".

 Ko'rsatuvda turizm O'zbekistonning o'ziga xos an'analari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib borayotgani urg'ulangan.

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirmoqda. Yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yo'l marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda. O'zbekiston o'zining turizm brendini xalqaro miqyosda, xususan Kuvaytda ham faol targ'ib qilmoqda. Sayyohlik ko'rgazmalarini o'tkazish, xalqaro forumlar va marketing kampaniyalarida ishtirok etish Kuvaytdan O'zbekistonga sayyohlarni jalb qilishga yordam beryapti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish