Misr OAV: O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi iqtisodiy integratsiyaning drayveriga aylanmoqda
Oktabr 07, 2025. 10:01 • 2 daq
• 71
QOHIRA, 7-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Misrning "Sada al Balad"axborot agentligi "Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi iqtisodiy tashabbuslarning amalga oshirilishi tahlili" sarlavhali maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilotning iqtisodiy kun tartibini faol shakllantirib, savdo, investitsiya, transport, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish sohalarida tashabbuslarni ilgari surayotganligi ta'kidlangan.
Jumladan, "2018-yilda Cho'lponotada savdo va transport yo'laklarini rivojlantirish, 2019-yilda Bokuda yosh tadbirkorlar forumini o'tkazish, Pandemiya davrida O'zbekiston "yashil yo'laklar" tashkil etish va logistikani soddalashtirish, 2022-yilda Samarqandda yangi iqtisodiy imkoniyatlarning umumiy makonini yaratish va Turkiy investitsiya jamg'armasi, 2023–2024-yillarda Turkiy taraqqiyot banki, Temir yo'l ma'muriyatlari kengashini tashkil etish va raqamli hujjat aylanishi bo'yicha kelishuvlarni imzolash, 2025-yil may oyida bo'lib o'tgan Budapeshtdagi norasmiy sammitda Transkaspiy yo'nalishida "yagona darcha" va "yashil yo'laklar" tizimlarini joriy etishni jadallashtirish takliflari kun tartibiga kiritildi" – deyilgan nashrda.
Ma'lum qilinishicha, turkiy davlatlarning umumiy aholisi 175 million kishidan oshadi, xarid qobiliyati bo'yicha yalpi ichki mahsulot 5,6 trillion dollarni tashkil qiladi. "Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari O'zbekiston tashqi savdosida 14,5 foizi ulushga ega. Oxirgi sakkiz yilda tovar aylanmasi qariyb uch baravar — 3,34 milliard dollardan 9,5 milliard dollargacha o'sdi. Eksport 3,5 milliard dollargacha, import esa 6,1 milliard dollargacha oshdi. Asosiy hamkorlar Qozog'iston (4,3 milliard dollar), Turkiya (2,9 milliard dollar), Turkmaniston (1,2 milliard dollar) va Qirg'iziston (846 million dollar) bo'lib qolmoqda", – deb yozgan muallif.
Mazkur tuzilmaga a'zo mamlakatlarining O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarning umumiy hajmi 2017 – 2024-yillarda 7,5 milliard dollardan oshdi. Hozirda hamkorlikda tashkil etilgan korxonalar soni 3600 taga yetgan. Turkiya O'zbekiston iqtisodiyotiga 1,8 milliard dollar sarmoya kiritib, yetakchi investor maqomiga bo'ldi, bu tashkilot mamlakatlaridan jalb qilingan umumiy investitsiya hajmining qariyb 80 foizi demakdik", – deb ta'kidlangan nashrda.
"Sada al Balad"axborot agentligi tarqatgan maqola xulosasida "So'nggi yillardagi tajriba O'zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi iqtisodiy integratsiyaning drayveriga aylanganini ko'rsatmoqda", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi