Logo

"Wejhatt" gazetasi: O'zbekiston turizm salohiyati O'mondа taqdim etildi 

Iyul 11, 2025. 14:17 • 42 soniya

48
"Wejhatt" gazetasi: O'zbekiston turizm salohiyati O'mondа taqdim etildi 

MASKAT, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. O'monning ommabop "Wejhatt" gazetasida Maskat shahrida bo'lib o'tgan "O'zbekiston – O'mon" turizm forumi va uning doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlarga bag'ishlangan maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda qayd etilishicha, joriy yilning 5-7-iyul kunlari O'zbekiston turizm qo'mitasi tomonidan mamlakatimiz elchixonasi bilan birgalikda O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi.

Maqolada, shuningdek, O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyev O'mon meros va turizm vaziri Salim bin Muhammad al-Mahruqiy hamda O'mon Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Hamud bin Salim al-Sa'diy bilan uchrashuvlari bo'lib o'tgani xabar qilingan.

"Uchrashuvda O'mon va O'zbekiston o'rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, ikki do'st davlat o'rtasidagi sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o'zaro sayyohlik almashinuvini rag'batlantirish uchun mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar xususida fikr almashildi", – deb yozilgan materialda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish