Polsha OAV: O'zbekiston Qirg'iziston va Xitoy orqali o'tuvchi Mo'g'ulistonga yangi savdo yo'lini ochmoqda
Iyun 14, 2025. 13:28 • 51 soniya
• 46
VARSHAVA, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Polshaning ommabop "www.tradersunion.com/pl" elektron portalida "Yanush Pexochinskiy: O'zbekiston yangi strategik savdo yo'lini ochmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqola avvalida O'zbekiston o'zining savdo imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qirg'iziston va Xitoy orqali o'tuvchi Mo'g'ulistonga yangi savdo yo'lini ochayotgani ta'kidlangan.
"Polsha-Osiyo" Savdo-sanoat palatasi prezidenti Yanush Pexochinskiyning aytishicha, ushbu yangi transport yo'lagi savdo hajmini oshirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga qaratilgan", – deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, rivojlanayotgan xalqaro raqobat sharoitida mamlakatlar savdo infratuzilmasini yaxshilashning samarali usullarini izlamoqda, bu esa ularga iqtisodiy ishtirokini oshirish imkonini beradi.
"Transport va logistika bo'yicha ekspert Adam Kovalskiyga ko'ra, yangi savdo yo'llari mintaqada iqtisodiy o'sishni tezlashtirishi mumkin. Logistika qo'shni davlatlar o'rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashning asosiy elementidir", – deb ta'kidlagan maqolada.
Shuningdek, muallif Markaziy Osiyoda yangi savdo yo'llarining rivojlanishi mintaqadagi iqtisodiy o'zgarishlarning keng ko'lamli suratining bir qismi bo'lib, bunda mamlakatlar jahon bozorlariga integratsiyalashishga va ilg'or iqtisodiy mezonlarga javob berishga intilayotganini urg'ulagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi