Logo

Rossiya OAV: O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlari o'rnatildi

Iyun 25, 2025. 17:38 • 2 daq

79
Rossiya OAV: O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlari o'rnatildi

MOSKVA, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Mo'g'ulistonga bo'lib o'tgan davlat tashrifi Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan ham keng yoritilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, "Sputnik"  axborot agentligi Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyna Xurelsuxaning taklifiga binoan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan ushbu mamlakatga davlat tashrifi bilan kelgani haqidagi maqolani tarqatdi.

Nashrda ma'lum qilinganidek, Mo'g'uliston Davlat saroyida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxaning muzokaralari tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida bo'lib o'tdi.

"O'zbekiston rahbarining Mo'g'ulistonga ilk tashrifi ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlar va ko'p qirrali hamkorlik rivojida tarixiy voqea bo'ldi. Tomonlar amaliy hamkorlikning barcha asosiy masalalari va istiqbolli yo'nalishlarini ko'rib chiqdilar, istiqboldagi aniq vazifalar va rejalarni belgilab oldilar", – deb yozilgan materialda.

Materialda ta'kidlanganidek, muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani va boshqa qator hujjatlarni imzoladilar.

Rossiyaning "Asiarussia.Ru" yangiliklar portalining xabar berishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning o'ttiz yillik yakunlarini sarhisob qilib, barcha sohalarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, kengaytirish va rivojlantirishga doir keng ko'lamli masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

"O'zbekiston Prezidenti Mo'g'ulistonga ilk davlat tashrifidan mamnunligini bildirib, Mo'g'uliston davlati rahbarining 2024-yilda O'zbekistonga davlat tashrifidan keyin ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada kengayib, faollashganini ta'kidladi", – deya urg'ulangan materialda.

 Nashrda ikki davlat rahbarlari o'tgan yili Toshkentda bo'lib o'tgan rasmiy muzokaralarda erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini yuqori baholaganlari ta'kidlangan.

Maqola oxirida "O'zbekiston va Mo'g'uliston o'rtasida ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash hamda rivojlantirishga qaratilgan 14 ta rasmiy hujjat imzolandi", – deb yozgan "Asiarussia.Ru".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish