Qirg'iziston OAV: SHHTga a'zo davlatlarning qo'shma korxonalar va sanoat kooperatsiyasiga kiritgan sarmoyalari 120 milliard dollardan oshdi
Avgust 31, 2025. 12:21 • 2 daq
• 44
BISHKEK, 31-avgust. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning "Alliance-press.kg" axborot-tahlil agentligi portalida "SHHT hududida sanoat kooperatsiyasi: muloqotdan loyiha integratsiyasigacha" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda.

Nashrda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar o'rtasidagi sanoat sohasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etishi va ulkan insoniy salohiyat hamda tabiiy resurslarni birlashtirgan holda, SHHTga a'zo davlatlar barqaror ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirayotgani bayon qilingan.
"Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish texnologik mustaqillikni mustahkamlash, eksport va investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, tashqi bozorlarga qaramlikni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa global ta'minot uzilishlari va resurslar hamda texnologiyalar uchun ortib borayotgan raqobat sharoitida ayniqsa muhimdir",– deb yozilgan maqolada.
Qayd etilishicha, SHHT mamlakatlari dunyo aholisining qariyb 47 foizini (3,6 milliard kishi) birlashtiradi, ularning 60 foizdan ortig'i mehnatga layoqatli aholi hisoblanadi, bu esa sanoat o'sishi uchun muhim resursdir.
Qirg'iziston OAV yozganidek, 2024-yilda tashkilotga a'zo davlatlarning yalpi ichki mahsuloti dunyo yalpi ichki mahsulotining 30 foiziga yetdi. Tashqi savdo aylanmasi esa 2001-yilga nisbatan 100 barobardan ko'proq o'sdi. "SHHTga a'zo davlatlarning qo'shma korxonalar va sanoat kooperatsiyasiga kiritgan sarmoyalari 120 milliard dollardan oshdi, bu esa innovatsion texnologiyalarni joriy etishga, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga va mintaqa ichidagi qo'shimcha qiymat zanjirlarini rivojlantirishga yordam berdi", – deyilgan manbada.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi