AQSH OAV: Prezident Donald Tramp Yangi O'zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatladi
Sentabr 09, 2025. 09:53 • 2 daq
• 65
VASHINGTON, 9-sentabr. /"Dunyo" AA/. AQSHning yetakchi «The Times of Central Asia» и «Diplomatic Watch» jurnallarida 5-sentabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o'rtasidagi telefon orqali muloqotiga bag'ishlangan maqolalar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda yetakchilar muloqot chog'ida O'zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari batafsil ko'rib chiqqanlari ta'kidlangan.
"Suhbat avvalida AQSH Prezidenti so'nggi yillarda Yangi O'zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qo'llab-quvvatladi. O'zbekiston Prezidenti, o'z navbatida, Prezident Donald Trampni AQSH ma'muriyati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ulkan natijalari bilan samimiy tabrikladi", – deyilgan nashrlarda.
Amerika tomonining xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo'l bilan hal qilish, global xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga qo'shayotgan hissasi va sa'y-harakatlari alohida qayd etildi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
AQSH OAV so'nggi yillarda o'zaro savdo ko'rsatkichlarining barqaror o'sishi kuzatilmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 15 foizga oshganini qayd etgan.
Shuningdek, AQSHning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va barqaror sheriklik aloqalarini yo'lga qo'yish maqsadida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o'tkazilishi xabar qilingan.
"Prezident Donald Tramp kelgusi yili AQSHda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor ishtirok etishi mamnuniyat bilan qayd etdi. AQSH yetakchisi futbol O'zbekiston terma jamoasiga chin dildan omad tiladi", – deb yozgan AQSH OAV.
Telefon muloqoti chog'ida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning "C5+1" shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashdilar.
Maqolalar yakunida "O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti ochiq, konstruktiv va do'stona ruhda o'tdi", – deya urg'ulangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi