O'zbekiston Prezidentining nutqi Xitoy mediasida katta rezonans yaratdi
Oktabr 31, 2025. 18:06 • 2 daq
• 92
PEKIN, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vositalari – "Sinxua" axborot agentligi, "Jenmin jibao" gazetasi, "Chjungo" ("China"), "Target", "VICTWO", "Lookwe", "Psearcher", "Travel&Leisure" jurnallari, "CGTN" telekanali va boshqalar Samarqand shahrida bo'lib o'tgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqini keng yoritmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda keltirilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida mazkur sessiya so'nggi 40 yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko'hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo'lib o'tayotgani mamlakatimiz uchun katta iftixor ekanini ta'kidlagan.
"Bunday nufuzli forumning mamlakatimizda o'tkazilayotganini Tashkilotga a'zo davlatlarning Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli, jadal islohotlarga bo'lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasidir", – deya keltiriladi davlatimiz rahbarining so'zlari.
Xitoy ommaviy axborot vositalarida yoritilganidek, O'zbekiston yetakchisi YUNESKO 80 yillik faoliyati mobaynida ta'lim, ilm-fan, madaniyat, san'at, axborot sohasida global hamkorlik, o'zaro ishonch va hamjihatlik borasida jahondagi nufuzli institut sifatida o'zini namoyon etib kelayotganini qayd etgan.
Shu bilan birga, tashkilot dunyo xalqlarining milliy o'zligini saqlash, madaniy merosini asrab-avaylash, turli dinlar o'rtasida yaqin muloqotni kuchaytirishdagi o'rni va ahamiyati tobora ortib borayotganini alohida ta'kidlagan.
"Bugungi murakkab vaziyat YUNESKOning asosiy vazifalarini to'liq amalga oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarimizni har qachongidan ham ko'proq birlashtirishni taqozo etmoqda. Biz YUNESKOning olijanob va ezgu maqsadlariga qat'iy sodiq ekanimizni yana bir bor ta'kidlaymiz. O'zbekiston Sharq va G'arb, Shimol va Janub o'rtasida uyg'unlik ko'prigi, barcha uchun ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bo'lishga hamisha tayyor"– deya ta'kidladi O'zbekiston Prezidenti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev forum yangi hamkorlik yo'nalishlarini belgilash, o'zaro ishonch muhitini mustahkamlash va barqaror rivojlanish sohasida global hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yo'lida muhim amaliy qadam bo'lishiga ishonch bildirgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi