Logo

Yaqin Sharq OAV: O'zbekistonning kadrlar tayyorlashdagi o'ziga xos tajribasi e'tiborga loyiq

May 30, 2025. 16:46 • 2 daq

65
Yaqin Sharq OAV: O'zbekistonning kadrlar tayyorlashdagi o'ziga xos tajribasi e'tiborga loyiq

AR-RIYOZ, 30-may. /"Dunyo" AA/.  Iordaniyaning "Ammon News" va Saudiya Arabistonining "Al Bawwaba" elektron nashrlarida Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan BMTning Davlat xizmati forumiga oid axborot materiallari e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

Ularda 2025-yilning 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi o'tkazilishi ma'lum qilingan. Ta'kidlangandek, mazkur nufuzli xalqaro tadbir BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti va O'zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilmoqda.

"Ushbu foruminining O'zbekistonda tashkil etilishi bejiz emas. Forum o'z missiyasidan tashqari O'zbekistonning davlat xizmati, elektron hukumat va raqamlashtirish sohasidagi yutuqlari hamda sa'y-harakatlarini dunyo hamjamiyatiga tanitishda ulkan xizmat qiladi. Bu, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruvidagi mustaqil mamlakat uchun ijobiy qadamdir.",– deya qayd etilgan maqolalarda

Shuningdek, materillarda O'zbekiston yetakchisi boshchiligida Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida barcha sohalarda tizimli islohotlar olib borilayotgani urg'ulangan. "Xususan, 2017-yildan boshlab O'zbekistonda davlat xizmati tizimini yangilash va raqamlashtirish yo'lga qo'yildi. Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilib, "Yagona darcha" tamoyili joriy etildi. 2023-yil holatiga ko'ra, ular orqali aholiga 13,2 milliondan ortiq xizmat ko'rsatildi. Qishloq va olis hududlarda yashovchi aholi uchun mobil davlat xizmatlari yo'lga qo'yildi" , – deya ta'kidlangan materialda.

Bundan tashqari, o'tgan davr mobaynida mamlakat AKT tizimlari va raqamli infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida sohaga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb qilingani, natijada, 2024-yilda davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 10,3 millionga yetgani urg'ulangan.

 "O'zbekistonning kadrlar tayyorlashdagi o'ziga xos amaliyoti e'tiborga loyiq. Mamlakatda bugun kadrlar yuqori salohiyat, bilim, tenglik, raqobatlilik, ixtiyoriylik, shaffoflik, xolislik va ochiqlik tamoyillari asosida milliy kadrlar zaxirasiga kiritilmoqda. O'zbekiston yetakchisi davlat xizmatchisining intellektual darajasi qancha yuqori bo'lsa, tizim shunchalik samarali ishlashini ta'kidlab, inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirdi", – deb yozilgan "Ammon News" va "Al Bawwaba" maqolalarida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish