O'zbekiston delegatsiyasi Polshada bo'lib o'tgan XII Xalqaro Osiyo kongressida faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi
May 26, 2025. 11:28 • 2 daq
• 702
TORUN, 26-may. /"Dunyo" AA/. Polshaning Torun shahrida "Xalqaro hamkorlik modellarining xilma-xilligi va tasavvur qilinayotgan kelajak" shiori ostida o'tkazilgan XII Xalqaro Osiyo kongressida O'zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kongressda 30 dan oriq davlat diplomatik korpus vakillari, Polsha hukumati, xususan, Tashqi ishlar vazirligi, Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar va savdo agentligi (PAIH), "Polsha-Osiyo" savdo palatasi, Kuyaviya-Pomeraniya voyevodligi marshal idorasi, Torun shahar meriyasi rahbariyati, hududiy savdo-sanoat palatasi vakillari va boshqalar qatnashdi. O'zbekiston tomonidan anjumanda elchixona vakillari, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Eldor Tulyakov, Oliy sud raisi o'rinbosari, iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati raisi Shuhrat Polvonov, shuningdek, o'zbek ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar O'zbekiston Markaziy Osiyoda Polsha uchun strategik ahamiyatga ega bo'lgan istiqbolli hamkor ekanligini alohida qayd etdilar. Joriy yil fevral oyida Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi Mixal Yarosh rahbarligidagi delegatsiyaning O'zbekistonga tashrifi doirasida o'tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi va biznes-forumda erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta'minlash ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.
Kongress ishi doirasida "O'zbekiston madaniyati kunlari" o'tkazildi. Unda mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixi, an'analari va milliy qadriyatlari namoyish etildi. O'zbek milliy kuy va qo'shiqlarining ijrosi Polsha tomoniga katta taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot