Logo

Italiyadan munosabat: O'zbekiston-Slovakiya munosabatlari barqaror va o'sishga yo'naltirilgan inklyuziv diplomatiyaning yorqin namunasiga aylanmoqda

Iyun 12, 2025. 17:59 • 2 daq

50
Italiyadan munosabat: O'zbekiston-Slovakiya munosabatlari barqaror va o'sishga yo'naltirilgan inklyuziv diplomatiyaning yorqin namunasiga aylanmoqda

RIM, 12-iyun. "Dunyo" AA/. "Vision & Global Trends" xalqaro global tadqiqotlar instituti direktori Tiberio Graziani (Italiya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning 8-10-iyun kunlari O'zbekistonga amalga oshirayotgan tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Rasmiy Toshkent va Bratislava o'rtasidagi munosabatlar yangi ko'p qutbli xalqaro tartibni barpo etish sharoitida alohida ahamiyatga ega.  O'zbekiston va Slovakiya o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy, shuningdek, ilmiy va madaniy darajalarda chuqurlashib borayotgan muloqot Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo o'rtasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirishga ko'maklashuvchi markaz va periferiyaning eskirgan modellarini yengish bo'yicha umumiy intilishdan dalolat beradi.


Texnologik, akademik va sanoat sohalarida ayirboshlash faollashgani alohida e'tiborga molik bo'lib, bu ikki davlatning bir-birini to'ldiruvchi afzalliklaridan foydalanishga qaratilgan uzoqni ko'zlagan yondashuvdan dalolat beradi. Bir tomondan, O'zbekiston – Yevroosiyo qoq markazida rivojlanayotgan markaz sifatida, ikkinchi tomondan – Slovakiya, Sharqiy Yevropa va rivojlangan texnologiyalar o'rtasida ko'prik rolini o'ynamoqda.


Idoralararo hamkorlik, universitetlararo kadrlar tayyorlash dasturlari va qo'shma tadbirkorlik tashabbuslari nafaqat iqtisodiy manfaatlarga, balki barqarorlik va birgalikda rivojlanish uchun umumiy mas'uliyatga asoslangan strategik sheriklik uchun asos yaratadi.


Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston-Slovakiya munosabatlari yanada hamkorlikka asoslangan, barqaror va o'sishga yo'naltirilgan xalqaro tizimni shakllantirishga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan ko'p bosqichli va inklyuziv diplomatiyaning yorqin namunasiga aylanishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish