Moskvadan munosabat: Transkaspiy xalqaro transport yo'nalishi kontekstida Bolgariya bilan hamkorlik O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega
Iyun 12, 2025. 15:34 • 50 soniya
• 38
MOSKVA, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. Rossiya davlat gumanitar universitetining xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Yuriy Sigov "Dunyo" AA uchun intervyusida Bolgariya Prezidenti Rumen Radevning 9-11-iyun kunlari O'zbekistonga amalga oshirgan tashrif haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Ushbu tashrif Toshkent va Sofiya o'rtasidagi aloqalarni oliy darajada qo'llab-quvvatlashni jadallashtirish hamda Yevropa Ittifoqi rahbariyatining Markaziy Osiyo mintaqasida ishtirokini kengaytirish bo'yicha umumiy tashabbusining davomi bo'ldi.
O'zbekiston Bolgariyani Yevropa Ittifoqidagi foydali hamkor mamlakatlardan biri deb biladi. Ayniqsa Qora dengizda Bolgariya portlarining mavjudligini hisobga olgan holda.
Bugungi kunda O'zbekistonda Bolgariya investorlari ishtirokidagi 30 ta, jumladan, to'liq bolgar kapitali ishtirokidagi to'rtta korxona faoliyat yuritmoqda.
Slovakiya bilan munosabatlardagi kabi Sofiya bilan hamkorlik O'zbekistonni Qozog'iston, Ozarbayjon va Gruziya hududi orqali Qora dengiz portlari bilan bog'lashi mumkin bo'lgan Transkaspiy xalqaro transport yo'nalishi kontekstida O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan transport infratuzilmasi bilan Bolgariya Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o'rtasida tranzit yo'lagi bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari