O'zbekiston vakili ilk marotaba BMT YIKning Yer resurslarini boshqarish bo'yicha ishchi guruhi a'zoligiga saylandi
Aprel 30, 2025. 11:05 • 1 daq
• 857
JENEVA, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. Jenevada 2025–2027-yillar uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining (BMT YIK) Yer resurslarini boshqarish bo'yicha ishchi guruhi a'zolari saylovi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur hukumatlararo organga tarixda ilk bor O'zbekiston vakili bir ovozdan saylandi.
Ishchi guruhning yangi tarkibiga O'zbekiston bilan bir qatorda Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Germaniya, Serbiya va Turkiya kabi davlatlar vakillari kirdi.
Ishchi guruh yer resurslarini boshqarish sohasida xalqaro siyosatni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Uning faoliyati yerga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olishning samarali tizimlarini rivojlantirish, yerdan barqaror foydalanishni rag'batlantirish, kadastr infratuzilmasini yaxshilash va geofazoviy ma'lumotlardan kengroq foydalanishga qaratilgan.
Bundan tashqari, guruh yer siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, uning monitoringi va kadastr loyihalarini ishlab chiqishda hukumatlarga ekspert yordamini ko'rsatadi.
Saylovlar Ishchi guruhning 14-sessiyasi doirasida bo'lib o'tdi. Tadbir davomida O'zbekistonda milliy kadastr tizimini raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash va ilg'or xalqaro tajribani joriy etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdimoti o'tkazildi.
Ishchi guruhga a'zolik O'zbekistonga raqamli transformatsiya, urbanizatsiya, iqlim o'zgarishi va o'zaro bog'liq iqtisodiy ekotizimlarning o'sishi sharoitida yerga egalik qilish bo'yicha global siyosatni ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot