Logo

Qirg'izistondan munosabat: G'arb va Markaziy Osiyo mintaqasi o'rtasidagi yaqinlashuv jarayonini tezlashmoqda

Oktabr 01, 2023. 15:04 • 51 soniya

47
Qirg'izistondan munosabat: G'arb va Markaziy Osiyo mintaqasi o'rtasidagi yaqinlashuv jarayonini tezlashmoqda

BISHKЕK, 1-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Qirg'izistonlik siyosatshunos, «Berdakov Online» kanali muallifi Denis Berdakov «Dunyo» AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28-30 sentyabr kunlari Berlinda bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi birinchi sammitda ishtiroki xususidagi  fikrlarini o'rtoqlashdi: 

  -– Butun jahon hamjamiyatining diqqat-e’tibori Berlinda bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo – Germaniya sammitiga qaratilgan.

Ko'rinib turibdiki, bahorda Xitoy bilan bo'lib o'tgan «5+1» sammitida boshlangan jarayonlar birlashgan G'arbga juda qattiq ta’sir qilgan. Ular uchun Markaziy Osiyo bilan aloqaning sifat jihatidan yangi paradigmasini yo'lga qo'yish juda muhim. Bu esa G'arb va Markaziy Osiyo mintaqasi o'rtasidagi yaqinlashuv jarayonini tezlashtirdi.

Markaziy Osiyo Yevropa Ittifoqi uchun qiziqish uyg'otadi, chunki mintaqada hamkorlik rivojlanmoqda. Masalan, O'zbekistonga Germaniya, Fransiya va Italiyaning o'ndan ortiq konsernlari ishlayapti.

Umuman olganda, Berlindagi uchrashuv formati, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Germaniya hukumati va yirik nemis biznesi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari juda o'z vaqtida, foydali hamda kelgusida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatishi mumkin, deb hisoblayman.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish