Logo

Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning muammolari o'rganilmoqda

Oktabr 09, 2023. 10:40 • 40 soniya

41
Rossiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning muammolari o'rganilmoqda

ROSTOV-DON, 9 oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Rostov-Don shahridagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan faol vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Muloqot avvalida hamyurtlarimizga mamlakatimizda olib boralayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar va talabalar uchun manfaatli davlat dasturlari to'g'risida batafsil so'zlab berildi. Talabalarning o'qish jarayoni va turmush tarzi yuzasidan fikr almashildi.

O'z navbatida, talabalar O'zbekiston hukumatining xorijdagi talabalar holidan xabar olayotgani va ularning hayoti bilan qiziqayotganidan mamnunliklarini bildirishdi.

Muloqot chog'ida, yurtdoshlarimiz Rossiyada olingan diplomning O'zbekistonda tan olinishi (nostrifikatsiya), o'qishni yurtimizdagi universitetlarga ko'chirish va ularga moddiy yordam ko'rsatish imkoniyatlari to'g'risidagi savollar bilan murojaat qilishdi. Yo'llangan savollarga diplomatlar atroflicha javob berishdi.

Shu bilan birga, talabalar bilan kelgusida madaniy-ma'rifiy tadbirlar, jumladan sport musobaqalari, ijodiy kechalarni hamkorlikda tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish