Saudiya Arabistonidan munosabat: O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama hamkorlik, balki Markaziy Osiyo va YEI o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi
May 24, 2025. 12:40 • 2 daq
• 89
AR-RIYOZ, 24-may. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Sahm News" elektron gazetasi muxbiri, "Masarat Center for Strategy & Media" markazi eksperti Abdulhamid Hamid Abdulloh al-Kubbi "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-22-may kunlari Vengriya buyurgan rasmiy tashrifi va Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

–Yevropa Ittifoqi va Sharqiy Yevropa davlatlari, birinchi navbatda, Vengriya bilan hamkorlikni chuqurlashtirish O'zbekiston tashqi siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Budapesht YEIning faol a'zosi sifatida Toshkent uchun siyosiy, iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim hamkor hisoblanadi.
O'zbekiston bilan Vengriya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari qatoriga qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati, transport va logistika, shuningdek, moliya va bank ishi kiradi. O'zbekiston o'zining qulay geografik joylashuvi bilan Yevropa va Osiyo o'rtasidagi ta'minot zanjirining asosiy bo'g'iniga aylanishi mumkin. Vengriya kompaniyalari O'zbekistonga, ayniqsa, yuqori texnologiyalar, yashil energiya va infratuzilma loyihalari sohalariga sarmoya kiritishga katta qiziqish bildirmoqda.
Ikki davlat o'rtasidagi strategik hamkorlik xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurashish va favqulodda vaziyatlarni boshqarish masalalarini ham qamrab oladi. Ekstraditsiya to'g'risidagi shartnoma va tabiiy ofatlarni bartaraf etish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimning imzolanishi o'zaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, O'zbekiston-Vengriya xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida ham faol hamkorlik qilayapti.
Bosh vazir Viktor Orbanning taklifiga binoan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo'ldi. Tashrif dasturidan Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes-forum, Strategik sheriklik to'g'risidagi deklaratsiya imzolangan Budapesht saroyida muzokaralar, shuningdek, ilm-fan, innovatsiyalar va atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni o'z ichiga olgan hukumatlararo bitimlar paketini almashish o'rin oldi.
O'zbekiston bilan Vengriya o'rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi. Har ikki davlat hamkorlikni, ayniqsa, texnologiya va raqamlashtirish, ta'lim va ilmiy almashinuv, turizm va madaniy muloqot sohalarida yana-da kengaytirishdan manfaatdor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban o'rtasidagi shaxsiy do'stlik, oliy darajadagi muntazam muloqotlar uzoq muddatli hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi.
O'zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotining Budapeshtdagi norasmiy sammitidagi ishtiroki mamlakatning mintaqaviy jarayonlardagi roli ortib borayotgani hamda Vengriya bilan sheriklik orqali Yevropa bilan yaqinlashayotganini yana bir bor ta'kidlaydi.
Muxtasar aytganda, rasmiy Toshkent va Budapesht o'rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama hamkorlik, balki Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun ham yangi imkoniyatlar ochadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot