Logo

Yevropa kengashi Prezidenti tashrif bilan Samarqandga keldi

Aprel 02, 2025. 09:25 • 41 soniya

155
Yevropa kengashi Prezidenti tashrif bilan Samarqandga keldi

SAMARQAND, 2-aprel. /"Dunyo" AA/. Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bugun tongda Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etish uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi, – deb yozdi mamlakatimiz Hukumati rahbari matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o'zining telegram-kanalida. – Qisqa suhbatdan so'ng, Yevropa kengashi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo'nab ketdi".

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 3-4-aprel kunlari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tadigan sammit ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish