Varshavadan munosabat: O'zbekistonda jadal o'zgarishlar va taraqqiyotni ko'rayapmiz
May 03, 2024. 14:06 • 2 daq
• 142
VARSHAVA, 3-may. /"Dunyo" AA/. Polsha-Osiyo savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski "Dunyo" AA uchun intervyusida poytaxtimizda o'tayotgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumining (TXIF) ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

— O'tgan yili ham ushbu muhim tadbirda ishtirok etish sharafiga muyassar bo'lgan edim. Mamlakatingizda jadal o'zgarishlar va taraqqiyotni ko'ryapmiz. Forum doirasida davlatingiz yetakchisi rahnamoligida tayyorlangan O'zbekistonni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha kompleks dastur bilan tanishdik. Biz barchamiz ushbu dasturga Polsha va polyak biznesi uchun hamkorlikni kengaytirish bo'yicha ajoyib imkoniyat sifatida qaraymiz.
O'zbekiston to'qimachilik mahsulotlari Polshaga va undan keyin Yevropa Ittifoqiga eksporti ko'paygani samarali harakatlarning o'ziga xos misolidir. O'zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning kompaniyalarimiz bilan uchrashuvlari, o'zbek ishbilarmonlarining Polshada o'tkaziladigan to'qimachilik ko'rgazmalarida ishtirok etishi tuzilayotgan shartnomalar sonini sezilarli darajada oshirmoqda. Polsha Yevropa Ittifoqidagi o'zbek mahsulotlarini eng yirik importchisi va o'zbek kompaniyalarining Yevropa bozoriga chiqish markaziga aylandi.
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Polshadan 30 ta kompaniya vakillaridan iborat biznes missiyasi bilan ishtirok etayapmiz. Toshkentda rasmiy tadbirlarni o'tkazganimizdan so'ng Surxondaryo viloyatiga boramiz va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda O'zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishni ko'paytirish imkoniyatlarini muhokama qilamiz.
Joriy tashrifimiz doirasida "Polsha-Osiyo" Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi o'rtasida Varshava shahridagi va Yevropa Ittifoqidagi eng yirik "GD Poland" ko'rgazma markazida to'qimachilik mahsulotlari ulgurji savdosi bo'yicha shou-rum ochish to'g'risida memorandum imzolandi. Ushbu markazga har kuni Yevropaning 16 davlatidan 10-15 ming ulgurji xaridor keladi.
Tadbirkorlik va biznesni o'zgartirish bo'yicha Polsha tajribasi O'zbekiston uchun qishloq xo'jaligi, qishloq xo'jaligi texnologiyalari, oziq-ovqat sanoati, veterinariya, energetika va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini modernizatsiya qilish, axborot texnologiyalari, elektron tijorat faoliyati sohasida ayniqsa qo'l kelishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari