Logo

"Uzbekistan Airways" Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga vaqtincha cheklovlar joriy etdi

May 12, 2025. 13:07 • 44 soniya

56
"Uzbekistan Airways" Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga vaqtincha cheklovlar joriy etdi

TOSHKENT, 12-may. "Dunyo" AA/. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani munosabati bilan parvoz jadvalidagi majburiy o'zgarishlar haqida o'zining telegram-kanalida ma'lumot berdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Aviakompaniya ma'lumotiga ko'ra, ushbu o'zgarishlar Toshkentdan Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket shaharlari yo'nalishlariga, shuningdek, ushbu shaharlardan Toshkentga qaytish reyslariga taalluqlidir.

Mazkur vaziyat sababli ayrim parvozlar belgilangan vaqtdan o'rtacha 1,5 soatga yoki undan ko'proqqa cho'zilishi mumkin. Aviakompaniya yo'lovchilarning tushunishi va sabr-toqatini so'rab, ularning qulayligi uchun barcha zarur choralarni ko'rayotganini ta'kidladi.

Agar reys bekor qilinsa, yo'lovchilarga jarimasiz tarzda yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) imkoniyati yoki aviabilet uchun to'langan summani to'liq qaytarib olish huquqi taqdim etiladi.

"Yo'lovchilar, ekipaj a'zolari va havo kemalari xavfsizligini ta'minlash bizning mutlaq ustuvor vazifamizdir", – deyilgan xabarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish