Logo

Qozog'istondan munosabat: Toshkent-Ulan-Bator yo'nalishida aviaqatnovlarning ochilishi Markaziy Osiyo va Shimoliy-Sharqiy Osiyo o'rtasida "havo yo'lagi"ni yaratadi

Iyun 28, 2025. 13:55 • 2 daq

98
Qozog'istondan munosabat: Toshkent-Ulan-Bator yo'nalishida aviaqatnovlarning ochilishi Markaziy Osiyo va Shimoliy-Sharqiy Osiyo o'rtasida "havo yo'lagi"ni yaratadi

OSTONA, 30-iyun./"Dunyo" AA/. "Yevrosiyo monitoringi" tahliliy tadqiqotlar markazi direktori, "Mintaqaviy integratsiyani o'rganish instituti" jamoat fondi rahbari Taisiya Marmontova "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24-25-iyun kunlari Mo'g'ulistonga buyurgan davlat tashrifi yakunlarini izohladi:

– Mo'g'uliston uchun erishilgan savdo kelishuvlari yangi yirik bozorga chiqish, O'zbekiston uchun esa – teri sanoati uchun oqsil va xomashyo importini diversifikatsiya qilish imkoniyatidir.

Har ikki davlatning dengizga chiqishlari yo'q ekanligini inobatga olsak, 2025-yil oxirigacha Toshkent-Ulan-Bator yo'nalishida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarni ochish to'g'risidagi qaror Markaziy Osiyo va Shimoliy-Sharqiy Osiyo o'rtasida "havo yo'lagi"ni yaratadi.

O'zbekiston universitetlarida mo'g'ulistonlik talabalar uchun ta'lim dasturlari qayta tiklanishi Toshkent cho'l mamlakatlari uchun asosiy ta'lim markazlaridan biri hisoblangan 1990-yillardagi amaliyotga qaytish ramzidir. Bu 10-15 yillik ufqdagi munosabatlarning "inson kapitaliga" sarmoyadir.

Mintaqaviy arxitekturada ikkala rahbar ham ko'p tomonlama institutlarga sodiqligini ta'kidlaydi, lekin loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun ikki tomonlama mexanizmlarga tayanadi.

Shuningdek, O'zbekiston islom investorlari shafeligida mo'g'ullarning noyob yer loyihalari uchun maydon, Mo'g'iliston esa O'zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreya bozoriga eksporti uchun tashqi port vazifasini bajarishi mumkin.

Muxtasar aytganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mo'g'ulistonga buyurgan davlat tashrifi dengizga chiqish imkoni bo'lmagan har ikki mamlakatga Yevroosiyoning o'sib borayotgan qo'shilgan qiymat zanjiriga integratsiyalashgan holda bir-biri uchun yangi hududlarga "oyna" bo'lish imkoniyatini beruvchi strategik qadamdir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish