Logo

Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidentining TDTning Budapeshtda bo'lib o'tgan norasmiy sammitidagi ishtiroki xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda

May 22, 2025. 15:47 • 2 daq

81
Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidentining TDTning Budapeshtda bo'lib o'tgan norasmiy sammitidagi ishtiroki xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda

GUANCHJOU, 22-may. /"Dunyo" AA/. "Nansha Economic Cooperation Association" ijrochi raisi Suan Chjuyan "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21-may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Budapeshtda bo'lib o'tgan norasmiy sammitidagi ishtiroki xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi.

Uning turkiy dunyo doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishda strategik ahamiyatga ega bo'lgan iqtisodiy, madaniy tashabbuslarni, shuningdek, global va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surishdagi rolini alohida qayd etishni istardim.

Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish sharoitida o'zaro savdo ulushini oshirish, jumladan, savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, bojxona standartlarini uyg'unlashtirish va "yashil" texnologiyalarni rivojlantirish uchun "Turk-trade" yagona onlayn-platformasini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.

Mamlakatingiz yetakchisi , shuningdek, Turkiy investitsiya fondining sarmoya oqimini faollashtirishdagi rolini kuchaytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida yangi yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlik muhimligini ta'kidladi.

Transport yo'laklarini diversifikatsiya qilish, xususan, Transkaspiy xalqaro yo'lagi bo'ylab yuk tashish hajmini oshirish bo'yicha loyihalarni ilgari surish muhimligi ham alohida qayd etildi. Ular esa mintaqaning global ta'minot zanjiridagi rolini mustahkamlaydi. O'zbekiston Prezidentining TDT sammitidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar keng qamrovli va pragmatik bo'lib, mintaqadagi integratsiya jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish