Xitoydan munosabat: O'zbekiston va Slovakiya o'zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun ishonchli qadamlar tashlamoqda
Iyun 13, 2025. 11:33 • 51 soniya
• 51
GUANCHJOU, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. MDH davlatlari bilan xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha Guandun ittifoqi bosh kotibi Go Fenchji "Dunyo" AA uchun intervyusida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning O'zbekistonga buyurgan rasmiy tashrifi haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi:

– O'zbekiston va Slovakiya o'zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun ishonchli qadamlar tashlamoqda. Buni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning Toshkentga tashrifi yakunlari, uning doirasida strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma deklaratsiya imzolangani tasdiqlaydi.
Umuman olganda, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi kun tartibi boy, serqirra va amaliydir.
O'tgan oliy darajadagi muzokaralar chog'ida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini, birinchi navbatda, o'zaro yetkazib berish ko'lamini kengaytirish, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Qishloq xo'jaligi, standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash, shuningdek, energetika sohasida hamkorlik to'g'risida imzolangan shartnomalar buning yorqin tasdig'idir.
Ushbu tashrif O'zbekiston bilan Slovakiya o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga kuchli turtki berishiga ishonaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot
Yangi O'zbekiston: konstitutsiyaviy islohotlardan – konstitutsiyaviy barqarorlik sari