Logo

Pokistondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitidagi nutqi nafaqat mintaqaviy, balki keng xalqaro hamkorlik istiqbollarini qamrab olgan

Iyun 03, 2025. 09:46 • 3 daq

37
Pokistondan munosabat: O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitidagi nutqi nafaqat mintaqaviy, balki keng xalqaro hamkorlik istiqbollarini qamrab olgan

ISLOMOBOD, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. Ravalpindi savdo-sanoat palatasi rahbari Usmon Shavkat (Pokiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tgan "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitidagi nutqida ilgari surilgan global tashabbuslarning ahamiyatini ta'kidladi:

– O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitidagi nutqida mamlakatning Yevropa mamlakatlari bilan olib borilayotgan faol tashqi siyosatining mantiqiy davomi hisoblanuvchi tashabbuslar ilgari surilgan.

O'zbekiston rahbari o'z nutqida qayd etgan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik yo'nalishlari ko'p tomonlama manfaatlarga xizmat qilishi bilan ajralib turadi. Bu esa nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya uchun, balki keng ma'noda butun Yevroosiyo makoni, jumladan Pokiston uchun ham muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyatga ega.

O'zbekiston tomonidan bildirilgan xavfsizlik, terrorizm, ekstremizm, noqonuniy migratsiya va narkotrafikka qarshi kurashishda italiyalik sheriklar bilan ishchi mexanizmlar va axborot almashinuvini yo'lga qo'yish taklifi mintaqada barqarorlikni ta'minlash nuqtai nazaridan o'ta muhim ahamiyatga ega. Bu masalalar Pokiston xavfsizligi uchun ham juda dolzarb. Afg'oniston muammosi va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat kontekstida bugungi kunda yanada o'tkirlashmoqda. Shu jihatdan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi muloqot Pokiston uchun ham alohida mazmun kasb etadi.

Bu borada "Markaziy Osiyo – Italiya" formati Islomobod uchun ham yangi imkoniyatlar ochmoqda. O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi sanoat kooperatsiyasi, investitsiyaviy aloqalar va "yashil" transformatsiya sohasidagi tashabbuslar alohida e'tiborga loyiq. Bu yo'nalishda erishilayotgan natijalar xorijiy mamlakatlar uchun iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, sanoatni modernizatsiyalash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish borasida foydali namuna va alohida tajriba maktabi maktabini o'taydi.

O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Italiya" ishbilarmonlar klubini tashkil etish, Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy o'zaro bog'liqligi tashabbusi doirasida loyihalarni amalga oshirish uchun qo'shimcha moliyaviy resurslarni shakllantirish to'g'risidagi taklifi hududlar o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik yuzasidan bildirgan fikrlari ham e'tiborga molik. Akademik almashuvlar va ilmiy-ta'lim konsorsiumi tuzish tashabbusi mintaqada inson kapitalini rivojlantirish, Yevropa ilmiy salohiyati bilan yaqinroq integratsiyalashishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, yoshlar forumi va kreativ iqtisodiyot sohasidagi madaniy almashuvlar "yumshoq kuch" siyosatini kuchaytirish, davlatlar o'rtasida o'zaro tushunish va ishonch muhitini yaratishda muhim vosita vazifasini o'taydi.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitidagi nutqi nafaqat mintaqaviy, balki keng xalqaro hamkorlik istiqbollarini qamrab olgan. Ushbu format salohiyatidan to'g'ri foydalanilsa, Pokiston uchun ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yangi imkoniyatlar ochiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish