Pokistondan munosabat: O'zbekistonning Yevroosiyo savdo tizimidagi strategik ahamiyati ortib bormoqda
May 30, 2025. 07:14 • 2 daq
• 49
ISLOMOBOD, 30-may. /"Dunyo" AA/. Milliy muloqot forumi tahliliy markazi ijrochi direktori Shaxriyor Xon (Pokiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining 28-29-may kunlari O'zbekistonga buyurgan tashrifi haqidagi fikrlarini bayon qildi.

– Italiya Bosh vaziri Jorja Melonining O'zbekistonga rasmiy tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda o'tkazgan muzokaralarini katta qiziqish bilan kuzatdim. Tashrif nafaqat ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan siyosiy irodaning ifodasi, balki O'zbekistonning Yevroosiyo savdo, texnologik almashinuv va barqaror rivojlanish tizimidagi strategik ahamiyati ortib borayotganining ko'zgusi bo'ldi.
Avvalo, Bosh vazir Jorja Melonining Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi uchun O'zbekiston tanlanishining o'zi diplomatik ishora ekanligini ta'kidlamoqchiman. Italiya nafaqat iqtisodiy hamkor, balki mintaqaviy jarayonlarning ishtirokchisi bo'lishga qiziqish bildirmoqda.
Strategik sheriklikni mustahkamlash to'g'risidagi qo'shma deklaratsiya va keng ko'lamli sohalarni o'z ichiga olgan aniq kelishuvlar to'plamining imzolangani tomonlar niyatlari qanchalik jiddiy ekanining ishonchli dalilidir. Bu ikki davlat amaliy mazmunga asoslangan barqaror hamkorlik arxitekturasini barpo etishga intilayotganidan dalolat beradi.
O'zbekistonda texnologik sheriklik va innovatsion ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha muzokaralarda alohida e'tibor qaratilayotganiga alohida e'tibor qaratmoqchiman.
Bundan tashqari, tashrif muhim geoiqtisodiy ahamiyatga ega. YEIning barqaror ta'minot yo'nalishlari va muhim resurslarga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda O'zbekiston nafaqat logistika markazini, balki uzoq muddatli hamkorlik uchun siyosiy barqaror platformani ham taklif etadi.
Umuman olganda, Italiya Bosh vazirining Samarqandga tashrifi zamonaviy diplomatiya nafaqat siyosat, balki eng avvalo iqtisodiyot, texnologiya, fan va madaniyat ekanligining yorqin dalili bo'ldi. O'zbekiston bu jarayonda ishonchli hamkor sifatida harakat qilmoqda. Bu tashrif nafaqat O'zbekiston bilan Italiya, balki Markaziy Osiyo va butun Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi turtki bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot