Tojikistondan munosabat: Markaziy Osiyoda devor emas, ko'prik barpo etilyapti
Noyabr 16, 2025. 04:34 • 2 daq
• 88
DUSHANBE, 16-noyabr. /"Dunyo" AA/. Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa, siyosatshunoslik va huquq institutiilmiy xodimi Viktor Kim "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" nomli maqolasi haqida fikr bildirdi:
– Toshkentda bo'lib o'tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasida e'lon qilingan O'zbekiston Prezidentining "Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida" sarlavhali maqolasi xalqaro ekspertlar e'tiborini tortdi.
Davlat rahbari maqolada ta'kidlaganidek, Markaziy Osiyo o'z taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik davriga qadam qo'ymoqda. Bugun biz chinakam birdamlik bosqichiga o'tyapmiz.
Asosiy faktlar, voqealar, Markaziy Osiyo mintaqasining 2017 yildan 2025 yilgacha bo'lgan rivojlanish jarayonlari maqolada izchil, mantiqiy va aniq aks ettirilgan. Maslahat uchrashuvlari tashkil etilgan 2017 yil mintaqaviy hamkorlik tarixida muhim burilish bo'ldi. Mintaqa yetakchilari ilk bor tashqi vositachilarsiz tizimli va muntazam muloqotni tashkil etishdi. Bu ochiq, ishonchli va umumiy manfaatlarni anglashga asoslangan yangicha siyosiy jarayonni taqdim etdi. Mazkur Maslahat uchrashuvlari davomida eski paytdan qolgan gina-quduratlarga chek qo'yildi, ishonchsiz munosabatdan haqiqiy hamkorlikka o'tildi.
Mintaqaviy hamkorlik borasida boshlangan yangi bosqichning eng muhim yutuqlaridan biri – chegara masalalarining uzil-kesil hal etilganidir. 2025 yil mart oyida O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikiston o'rtasida uch davlatning chegaralari tutashgan nuqta to'g'risidagi Shartnoma va Xo'jand deklaratsiyasining imzolangani tarixiy ahamiyatga molik hodisa bo'ldi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maqolasi allaqachon Yangi Markaziy Osiyoning shakllanish va rivojlanish jarayonini ilmiy idrok etishni talab qilmoqda. Yangi Markaziy Osiyo qiyofasini belgilab beruvchi "Davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi "Markaziy Osiyo jarayoni", "Yangi siyosiy tafakkur", "Markaziy Osiyo plyus", "Yangi iqtisodiy voqelik", "Yangi mintaqaviy o'ziga xoslik" kabi tushunchalar ilmiy va siyosiy muomalaga kiritilmoqda.
Yangi Markaziy Osiyo – ishonchli, ochiq va umumiy manfaatlarni anglashga asoslangan siyosiy tafakkur timsoliga aylanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining amaliy harakatlari mintaqada tinchlik, barqaror taraqqiyot va ishonchli sheriklik yo'lini belgilab bermoqda. Shavkat Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda, biz devor emas, ko'prik barpo
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi