Janubiy Koreyadan munosabat: O'zbekiston Prezidenti Rossiyaga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o'rtasida o'rnatilgan muloqot rivojlanishining mantiqiy davomi hisoblanadi
Oktabr 10, 2023. 09:28 • 57 soniya
• 1176
SEUL, 10 oktyabr. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasida chop etiladigan "The Korea Post" jurnali raisi Li Kyong Sik Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga buyurgan rasmiy tashrifiga munosabat bildirar ekan, "Dunyo" axborot agentligiga quyidagi fikr-mulohazalarini bayon etdi:

- O'zbekiston - Rossiya munosabatlari barcha sohalarda jadal ravnaq topayotgani bilan ajralib turadi. O'zaro aloqalarni yana-da rivojlantirishga har ikki tomon alohida ahamiyat bermoqda.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga buyurgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o'rtasida o'rnatilgan muloqot rivojlanishining mantiqiy davomi hisoblangani holda o'zaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi.
Tashrifning asosiy natijalari Qozog'iston hududi orqali O'zbekistonga Rossiya tabiiy gazini yetkazib berishni boshlash bo'ldi. Darhaqiqat, Rossiya gazining respublikaga olib kirilishi O'zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega.
Tashrif davomida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Keng ko'lamli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonot qabul qilganlari barobarida davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10 ta hujjat almashildi. Mazkur bitim va shartnomalar O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishi tayin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kenji Hirata: Yaponiya–O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda
O‘zbekiston–Yaponiya: strategik sheriklik chegaralari kengaymoqda
O‘zbekiston–Paragvay: qitʼalar va okeanlar orqali muloqot