Kim Sang Chyol: Markaziy Osiyo o'zaro munosabatlarni kuchaytirib, mintaqa nufuzini xalqaro maydonda namoyon etmoqda
Noyabr 19, 2025. 16:54 • 2 daq
• 217
SEUL, 18-noyabr. /"Dunyo" AA/. Xankuk xorijiy tillar universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi professori Kim Sang Chyol "Dunyo" AA uchun intervyusida Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvlari haqida fikr bildirdi:

– Fikrimcha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish va mintaqaning xalqaro maydondagi rolini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Markaziy Osiyo endilikda muammolarni kelishib hal qiladigan hamjihat siyosiy irodaga ega bir mintaqaga aylanganini kuzatdik. Oxirgi yig'ilishda bildirilgan O'zbekiston yetakchisi tomonidan bildirilgan "Markaziy Osiyo hamjamiyati" strategik formatini ta'sis etish tashabbusi mintaqaning jiddiy ma'noda iqtisodiy va siyosiy jihatdan integratsiya jarayoniga intilayotganini ko'rsatadi.
Bu jarayon O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan faol ravishda amalga oshirilmoqda hamda mintaqalararo va xalqaro hamkorlikdagi muhim rolini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlariga to'la huquqli a'zo sifatida qabul qilish to'g'risida qaror umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma'naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog'langan xalqlarning manfaatlariga to'liq javob beradi. Bu esa Markaziy Osiyo konsepsiyasi kengayishini va a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishini anglatadi.
Markaziy Osiyo doim Sharq va G'arb, Shimol va Janubni bog'lovchi hudud bo'lib kelgan. Ammo Sovet Ittifoqi parchalangandan so'ng bu faoliyat ma'lum vaqt to'xtab qolgan edi. Hozirgi global o'zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo o'zaro munosabatlarni kuchaytirib, mintaqa nufuzini xalqaro maydonda namoyon etmoqda.
Aminmanki, yangi O'zbekiston bundan keyin ham o'zining kuchli intilishini, ilg'or tashabbuslarini davom ettiradi va global sahnada namunaviy model o'laroq o'ziga munosib o'rin oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi