Qozog'iston parlamenti yuqori palatasi Qozog'iston va O'zbekistonning ekologik tashabbuslari to'g'risidagi hujjatni ma'qulladi
Oktabr 28, 2024. 12:16 • 2 daq
• 212
OSTONA 28-oktabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'iston parlamenti yuqori palatasi "Qozog'iston Hukumati va O'zbekiston Hukumati o'rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to'g'risida"gi Qonunni ma'qulladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda "Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma'lum qildi. Ushbu bitim 2022-yil 22-ekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Bitim Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda tegishli ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur hujjat doirasida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish, suv ifloslanishining oldini olish, biologik xilma-xillikni saqlash, ekotizimni degradatsiyadan himoya qilish va qum bo'ronlarining oldini olish va boshqa masalalar hisobga olinadi.
Bundan tashqari, Bitim Orol havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Mazkur xalqaro hujjat doirasida atrof-muhit monitoringi sohasida qo'shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari bo'yicha qo'shma konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ishchi guruhlarni o'tkazish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi