"Kazinform" XAA: Majlis Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to'g'risidagi hujjat qabul qildi
Mart 01, 2024. 11:32 • 2 daq
• 100
OSTONA, 1-mart. /"Dunyo" AA/. "Kazinform" xalqaro axborot agentligi Qozog'iston Majlisi O'zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash to'g'risidagi hujjat qabul qilgani haqida maqolani tarqatdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda Qozog'iston Parlamenti Majilisining yalpi majlisida "Qozog'iston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to'g'risida"gi qonun loyihasi qabul qilingani ta'kidlangan.
"Bitimdan ko'zlangan maqsad Qozog'iston – O'zbekiston munosabatlarini o'zaro hamkorlik va ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga ko'tarish, shuningdek, ikki davlat mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va barqaror iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga ko'maklashishdan iborat", — deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, hujjat doirasida tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, mintaqaviy nizolarni xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalari va birinchi navbatda suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat chegaralari daxlsizligini ta'minlash va saqlash asosida tinchlik va muzokaralar yo'li bilan hal etishga, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy rolini kuchaytirishga yordam beradi.
"Bitim, shuningdek, o'zaro iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, tovar ayirboshlash, investitsion faoliyat, tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni mustahkamlash va ko'paytirish, o'zaro bog'liq transport tizimini rivojlantirish, ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy va madaniy yaqinligini saqlash, fan, ta'lim, tibbiyot, sport, madaniyat, turizm, axborot almashinuvi sohasida o'zaro aloqalarni chuqurlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi», — deb yozgan "Kazinform" agentligi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi