"The Yomiuri Shimbun" gazetasi: 2026-yilda Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlarining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi
Avgust 14, 2025. 09:25 • 2 daq
• 54
TOKIO, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning ommabop "The Yomiuri Shimbun" gazetasining bosma va elektron shaklida "2026-yilda Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlarining uchrashuvi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Materialda ta'kidlanishicha, Yaponiya hukumati 2026-yilda ilk bor Yaponiya va Markaziy Osiyoning besh davlati O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston adliya vazirlari sammitini o'tkazish rejasi haqida ma'lum qildi. "Bu tashabbus orqali Yaponiya qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim qadriyatlarni mustahkamlash hamda mintaqada barqaror hamkorlik muhitini shakllantirishga intilmoqda", – deyilgan materialda.
"2025-yil aprel-may oylarida Yaponiya adliya vaziri Keysuke Suzuki O'zbekiston va Qirg'izistonga qilgan tashrifi natijasida kelgusida hamkorlikda besh mamlakat vazirlari bilan yangicha muloqot mexanizmlari joriy etish borasida kelishuvga erishgan edi", – deb xabar qilingan materialda.
Yaponiya gazetasi, shuningdek, AQShning Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashga katta qiziqish bildirayotgani urg'ulangan.
"AQSh ham Markaziy Osiyo bilan aloqalarni kuchaytirishga intilayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. Sobiq AQSh Prezidenti Jo Bayden 2023-yil 19-sentabr kuni Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan "S5+1" formatida uchrashdi.
Ma'lum qilinganidek, Yaponiya sobiq Bosh vaziri Fumio Kishida 2024-yil avgust oyida "Markaziy Osiyo+Yaponiya" sammitini o'tkazishi va keyinchalik mamlakatda ehtimoliy megazilzila sodir bo'lishi xavfi sabab sammit qoldirilgan edi.
Maqola xulosasida, "Yaponiya Markaziy Osiyo bilan qonun ustuvorligi, inson huquqlari, diplomatiya va sud-huquq sohalaridagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini jadallashtirmoqda. Bu Yaponiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish istagini ifodalaydi", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi