O'zbekiston va Turkmaniston parlamentlararo do'stlik guruhlari uchrashuvi bo'lib o'tdi
Iyul 25, 2025. 16:01 • 54 soniya
• 213
ASHXOBOD, 25-iyul. "Dunyo" AA/. 23-iyul kuni O'zbekiston Oliy Majlisi va Turkmaniston Mejlisining parlamentlararo do'stlik guruhlarining onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston va Turkmaniston yetakchilari siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari bilan ikki qardosh mamlakat o'rtasidagi munosabatlar hamda ko'p qirrali hamkorlik azaliy do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik tamoyillari asosida izchil rivojlanayotgani e'tirof etildi.
Mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishning ajralmas qismiga aylangan parlamentlararo muloqot, shu jumladan, ikki tomonlama asosda parlamentlararo do'stlik guruhlari tashkil etilgani qonun ijodkorligi va parlament diplomatiyasini rivojlantirish borasida tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirayotganligi alohida ta'kidlandi.
Ishtirokchilar parlament diplomatiyasi orqali davlatlararo hamkorlikni qo'llab-quvvatlash, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan birgalikda parlament nazoratini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.
Shuningdek, parlamentlararo muloqotni yanada faollashtirish, parlamentlar a'zolari o'rtasida doimiy ishchi aloqalarni yo'lga qo'yish, qo'shma tadbirlar va o'zaro amaliy tashriflarni amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida o'zaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini belgilab beruvchi "Yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi