Xorazm viloyati va Atirau viloyati hokimliklari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi
Avgust 07, 2025. 07:30 • 34 soniya
• 76
ATIRAU, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida Xorazm viloyati va Qozog'istonning Atirau viloyati hokimliklari mutasaddilari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida 2024-yil oktabrda Samarqand shahrida o'tkazilgan IV O'zbekiston-Qozog'iston Hududlararo hamkorlik forumi yakunlari yuzasidan Xorazm viloyati va Atirau viloyati o'rtasida imzolangan "Yo'l xaritasi"ning amaliy ijrosi ko'rib chiqildi.
Shuningdek, Xorazm viloyatidagi erkin iqtisodiy zonalar, investorlarga yaratilgan sharoitlar haqida ta'kidlandi.
Qozog'iston tomoniga joriy yilning 21-22-sentabr kunlari Xiva shahrida bo'lib o'tadigan Xalqaro investitsiya forumiga ishtirok etish taklifi bildirildi.
Atirau viloyati hokimligi vakillari o'z navbatida, 26-avgust kuni o'tkaziladigan "Sarayshik" xalqaro sayyohlik ilmiy-amaliy konferensiyasiga Xorazm viloyati vakillarini taklif qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi