Rovshan Meredov: Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgani butun mintaqa uchun namuna
Iyun 13, 2025. 16:53 • 2 daq
• 47
ASHXOBOD, 12-iyun. /"Dunyo AA/. Turkmanistonning "Turkmenportal" saytida "Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishini mintaqada futbol rivoji uchun rag'batlantiruvchi omil deb hisoblaydi" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, O'zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishi butun mintaqa uchun yaxshi namuna va o'z navbatida, mintaqada iste'dodlarining ko'pligini ko'rsatadi.
Bu haqda Turkmaniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Rovshan Meredov 2027-yilgi Osiyo kubogi saralash turnirining Tailand terma jamoasiga qarshi o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida aytib o'tdi.
"O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi – bu yaxshi namuna va mintaqamiz iqtidorlarga, yaxshi o'yinchilarga boy ekanligining isboti hamdir. Bu rag'bat, bu erishilishi mumkin bo'lgan marra bo'lib, umid qilamanki, yaqin kelajakda biz ham unga erishamiz. Hech bo'lmaganda, biz buning uchun bor kuchimizni sarflaymiz", – deb Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi so'zlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.
Shuningdek, Meredov O'zbekiston terma jamoasining yutug'i ko'p yillik reja asosida olib borilgan ishlar natijasi ekanligini alohida urg'ulagan: "O'zbekiston bunga uzoq vaqt intildi. Men u yerda hozir ishlayotgan hamkasblarimni bilaman va ular yillar davomida bu poydevorni qurishgan", – degan turkman murabbiy.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi