Toshkentda O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistonning energetika hamda suv xo'jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi
May 15, 2025. 20:51 • 43 soniya
• 43
TOSHKENT, 15-may. "Dunyo" AA/. Kecha poytaxtimizda O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston suv-energetika tizimi mutasaddilarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Energetika vazirligi ma'lumotiga ko'ra, unda O'zbekiston energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov, O'zbekiston suv xo'jaligi vaziri Shavkat Xamrayev, Qozog'iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov, Qozog'iston suv xo'jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov, Qirg'iziston energetika vaziri Talaybek Ibrayev va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining yoz mavsumida ham barqaror ishlashini ta'minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.
Bundan tashqari. tomonlar o'rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, "Qambarota GES-1" qurilishi loyihasining hozirgi holati va suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tegishli bayonnoma imzolandi hamda yaqin kunlarda kelgusi tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda o'tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi