O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida oliy ta'lim va sport sohalaridagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Oktabr 14, 2025. 19:48 • 2 daq
• 183
ASHXOBOD, 14-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 10-12-oktyabr kunlari Ashxobod shahrida sog'liqni saqlash, ta'lim va sport sohalariga bag'ishlangan xalqaro ko'rgazma va ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda ko'plab mamlakatlardan tashrif buyurgan ta'lim va ilmiy muassasalar, sog'liqni saqlash tashkilotlari va sport sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
O'zbekistondan mazkur anjumanda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.
O'zbekiston vakillari anjumanda ma'ruzalar bilan faol ishtirok etib, innovatsion ta'lim tizimini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish va sport orqali integratsiyani kuchaytirish masalalari yuzasidan dolzarb takliflarni ilgari surdilar. Shu bilan birga, tadbir doirasida O'zbekiston oliy ta'lim va ilmiy muassasalarining rivojlanishi hamda ularning salohiyatiga bag'ishlangan taqdimotlar o'tkazildi.
Shuningdek, O'zbekiston ta'lim va ilmiy muassasalari vakillari turkmanistonlik hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazib, o'zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Yakunda qo'shma o'quv dasturlarini joriy etish, o'qituvchi-talabalar almashinuvini jadallashtirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar va xalqaro anjumanlar tashkil etish, sport sohasi mutaxassislari malakasini oshirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun sport bilan shug'ullanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida hamkorlikni mustahkamlash to'g'risida kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi