O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston chigirtkalarga qarshi birgalikda kurashmoqda
Iyun 11, 2025. 16:59 • 55 soniya
• 76
OSTONA, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Yevropa va O'rta yer dengizi o'simliklar karantini va himoyasi tashkilotining 55-ishchi guruhi yig'ilishi doirasida Qozog'iston davlat nazorat qo'mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Saken Qanibekov O'zbekiston va Qirg'iziston fitosanitariya xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligining ma'lum qilishicha, muloqotning asosiy mavzusi chigirtkaga qarshi himoya choralari bo'ldi.
Uchrashuv ishtirokchilari mamlakatlarda mavsumiy hasharotlarga qarshi samarali kurashish bo'yicha mavjud amaliyotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, fitosanitariya sertifikatlari bo'yicha samarali va muntazam ma'lumot almashinuvini yo'lga qo'yish uchun axborot tizimlarini integratsiya qilish bo'yicha ham fikr almashildi.
Bundan tashqari, muloqot davomida "Locust.uz" tizimi taqdimoti ham tashkil etildi. Bu elektron platforma bo'lib, unga chigirtka tuxum qo'ygan joylar va kimyoviy ishlov berilgan maydonlar haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. Tizim, shuningdek, transport vositalariga o'rnatilgan GPS qurilmalari yordamida maxsus texnikaning harakatini ham kuzatib boradi. Bu vaziyatni esa o'z vaziyatni o'z vaqtida to'g'ri baholash va chigirtkalarning katta hududlarga tarqalishining oldini olishga imkon beradi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da mustahkamlash, xalqaro fitosanitariya standartlarini joriy etish va ma'lumot almashinuvini rivojlantirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi