Logo

Olmaota shahrida O'rol Tansiqboyev asarlari ko'rgazmasi ochildi

Mart 19, 2025. 18:03 • 37 soniya

109
Olmaota shahrida O'rol Tansiqboyev asarlari ko'rgazmasi ochildi

TOSHKENT, 19-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha Olmaota shahrida xalq rassomi O'rol Tansiqboyev asarlari ko'rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Kecha O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi, Abilxon Kasteyev nomidagi Davlat san'at muzeyi va mamlakatimiz muzeylari bilan birgalikda o'zbek tasviriy san'atining timsollaridan biriga aylangan rassom O'rol Tansiqboyevning retrospektiv ko'rgazmasini ochdik, – deb yozdi davlatimiz rahbarining yordamchisi o'zining telegram-kanalida. – Ushbu noyob ko'rgazma musavvirning shakllanish evolyutsiyasini – ilk tajriba chizgilaridan to mukammal peyzaj asarlarigacha kuzatish imkonini beradi.


Tansiqboyev ijodi Qozog'iston bilan chambarchas bog'liq. U bu yerda ko'p ishlagan, Abilxon Kasteyev bilan do'st bo'lgan.


Umid qilamanki, ushbu ko'rgazma madaniy aloqalarimizni yana-da mustahkamlaydi".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish