O'sh shahridagi Alisher Navoiy ko'chasi yangi qiyofa kasb etdi
Avgust 28, 2025. 09:21 • 32 soniya
• 452
O'Sh, 28-avgust /"Dunyo"AA/. O'sh shahrida yangilangan Alisher Navoiy ko'chasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda O'sh shahar meri Jenishbek Toktorboyev, shahar jamoatchiligi va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, viloyat aholisi ishtirok etdi.
O'sh shahrini obodonlashtirish maqsadidagi mazkur loyihaga davlat byudjetidan 2 milliard som mablag' ajratildi.
Jenishbek Toktorboyev O'sh shahar meri etib saylanganidan buyon shaharda katta ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda.
Eslatib o'tamiz, shahar hokimi tashabbusi bilan joriy yilning 4-iyul kuni O'sh shahridagi markaziy istirohat bog'ida buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning yangi haykali o'rnatilgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi